Project Managers

Limited Liability Company (LLC)
Project Managers
Est. 2019
Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 9-uy
Contacts
Industries
E-commerce
Fintech and Banks
Accounting
Transport and logistics
Healthcare
Commerce
Education
Legal Services
Human Resources
Geoinformation Technologies
Telecommunications
Tourism
Real Estate
Construction
Agriculture
Energy
Oil and Gas Industry
Utilities
Business Services
Specializations
Document Management Systems
Smart solutions
Information Systems
Turnkey website
Mobile application development
ERP / BPM
CRM
Web design
Turnkey SMM
Information Security
Hosting, Domain Registration
Payment systems, Billing
Technical Documentation
VR, 3D
Cloud Solutions (SaaS, PaaS)
Databases
Online Shops, online platforms
Big Data
IT-consulting
Blockchain, Cryptocurrencies
Networks, servers
Artificial Intelligence, Machine Learning
GPS (navigation, tracking)
Web programming
Website layout
Software support and development
Software architecture
User interface design
Programming
Software testing
Website testing
Integrated marketing
Market Positioning
Content marketing
Website support and development
PR strategy development
IT-outsourcing
IT-audit
SEO audit
SEO design
Website optimization
Game design & graphics
Game programming
Support and development of mobile applications
User interface design
Mobile application programming
Promotion of mobile applications
About

Project Managers - yangicha yondashuv va zamonaviy sifat kafolati.

Ochiq faoliyat maydonchalari, dolzarb loyihalar, ilgʻor jamoa, super faol xodimlar, sifatli mahsulot, ishonchli hamkor, eng qulay ish sharoiti, yuqori maosh, mamlakat boʻylab oʻz vakillariga ega kompaniya – bu PM xodimlari va kompaniya hamkorlarining fikri.

PM klassik IT kompaniyalar safiga kirmaydi. Yaʼni, biz bitta sohaga taqalib qolmaymiz. Biz robototexnika, raqamli marketing, oʻyinlar ishlab chiqish, turli xil dasturiy tizimlariga texnik xizmat koʻrsatamiz.

“Project Managers” jamoasi sifatni moliyaviy manfaatlardan ustun koʻradi. Aniqrogʻi, biz kompyuterlar bilan emas insonlar bilan ishlaymiz. Mijozlarimiz bergan izohlar ham PMʼning ishonib topshirilgan vazifa va majburiyatlarga masʼuliyat bilan yondashishi, ahil jamoaviy ish jarayonini yuritishini tasdiqlaydi.

Zero, biz tendensiyalarni quvish emas, balki ularni yaratish, xalqaro standartlarga asoslangan faoliyat olib borish bilan IT sohasida yetakchi jamoa boʻlishga intilyapmiz. Shu kungacha yaratgan loyihalarimiz mazkur soʻzlarimiz dalili, siz uchun esa inkor etib boʻlmas tanlov ekanligimizning isboti boʻlishi shubhasiz.

Location on the map
Portfolio

  • Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi sayti

    Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentlig / June 1, 2020

    Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi uchun yaratilgan sayt agentlik faoliyatiga toʻla moslashtirilgan. Zamonaviy standartlar va branding asosida yaratilgan qulay veb ilovada yoshlar va Ittifoq oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyiladi. Sayt imtiyozlar, foydali resurslar va murojaatlar boʻlimlaridan iborat. Futerda elektron boshqaruv boʻlimlari koʻrsatib oʻtilgan.

  • Faxriylar.uz veb sayti

    Loyiha Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi / May 1, 2020

    Loyiha Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Project Managers bilan hamkorlikda Ikkinchi jahon urushining 75 yilligi sharafiga ishga tushdi. Ushbu loyiha Oʻzbekistondagi mavjud davlat saytlari yaratish standartlariga toʻliq javob beradi. Sayt Oʻzbekistonning Ikkinchi jahon urushiga qoʻshgan hissasi – tarixiy maʼlumotlar jamlangan oʻziga xos ensiklopediya vazifasini oʻtaydi. Buning uchun saytda xotira kitobi mavjud, bundan tashqari istalgan kishi saytga mazkur davrga oid real voqea-hodisani kiritishi mumkinligi rasmiy manbalar kiritilmagan zarur maʼlumotlarni yigʻish imkonini beradi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish Vazirligi

    O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish Vazirligi / Aug. 1, 2020

    Sayt Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi uchun boshqarma faoliyatini elektron tartibga solish, hujjatlar va boshqa huquqiy, maʼmuriy, hamda isteʼmolchi munosabatlari nazoratini vazirlik doirasida takomillashtirish maqsadida yaratilgan. Zarur maʼlumot va axborotlar minimallashtirilgan boʻlimlarga joylangan. Sayt veb ilovalarni yaratish tartiblari keltirilgan Vazirlar Mahkamasining 355-sonli qaroriga toʻlaqonli javob beradi.

  • “Asaxiy” onlayn do‘koni uchun veb sayt va ilova

    Firuz Allaev / March 1, 2020

    “Asaxiy” onlayn do‘koni uchun qayta brendlash asosida ishlab chiqilgan sayt dizayni onlayn bozor uchun xizmat ko‘rsatish yo‘lida o‘ziga xos tajriba vazifasini o‘tadi. Zamonaviy rebrending talablariga to‘laqonli javob beruvchi mazkur dizayn onlayn-marketing uchun qulaylik yaratadi.

  • imaktab.uz loyihasi

    Project Managers / Feb. 1, 2020

    “iMaktab” qanday loyiha? Oʻqitish tizimini nazorat qilishga moʻljallangan iMaktab oʻquvchilar davomati, oʻzlashtirishi, intizomi, shuningdek, sinf jurnali, kundaliklar va boshqa hujjatlarni tartibga solib yagona onlayn tizimga birlashtiradi. Oʻqitish jarayonini bir joydan turib boshqarish imkoniyati samarali taʼlim jarayoni va shubhasiz, oʻquvchilar oʻzlashtirishini sezilarli yaxshilaydi. Ixcham dasturlash hajmiga ega loyiha foydalanish uchun juda qulay.

  • “SuvniAsra” ERM loyihalasi

    Oʻzsuvta’minot Aksiyadorlik Jamiyati / July 1, 2020

    “SuvniAsra” navbatdagi ERM loyihalarimizdan biri boʻlib, tizim butun Respublika hududidagi mavjud suv muomalasini tartibga solishga moʻljallangan. Platforma isteʼmolchilarni Oʻzsuvta’minot Aksiyadorlik Jamiyati bilan bevosita bogʻlaydi. Bunda suv taʼminotidan tashqari jamoat transport, koʻpqavatli uylar, qurilish maydonlari, elektr taʼminoti kabilarning geografik joylashuvini kuzatish imkoniyati yaratilgan. Sodda va ixchamlashtirilgan mazkur loyiha suv taʼminoti va uni maqsadli tejab sarflash yoʻlida ishonchli koʻmakchi boʻladi.

  • Birga yengamiz loyihasi

    Project Managers / May 1, 2020

    “Birga yengamiz” o’zi nima? Mazkur ilova yurtimizda Covid-19’ga qarshi kurash yoʻlida tashlangan ilk qadamlardan biri boʻldi, desak adashmaymiz. Loyiha ilovasi bemor bilan oxirgi 14 kun ichida yaqin masofada va muayyan vaqt aloqada boʻlgan shaxslarni aniqlaydi va zarur hollarda ularni karantin yoki oʻzini yakkalash tartibini joriy etishga koʻmaklashadi. Ilova Android va iOS platformalari uchun moʻljallangan.

  • O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport Vazirligi

    O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport Vazirligi / Oct. 1, 2020

    Vazifa: Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi uchun axborotlarni tezkor chop etish va vazirlik faoliyatini elektron tartibga solishga qaratilgan saytni yaratish. Sayt bilan birga, qulay interfeysli mobil dastur ham ishlab chiqilgan boʻlib, u barcha zamonaviy komponentlar bilan boyitilgan. Loyiha qulay boshqaruv paneli va tez ishlashi bilan ajralib turadi.

  • Co-Learning Center

    Project Managers / Jan. 1, 2020

    Co-Learning Center Oʻzbekistondagi zamonaviy kasblarni oʻrgatuvchi ilgʻor taʼlim markazi boʻlib, yiliga 500 dan ortiq IT mutaxassislarini tayyorlashni rejalashtirgan. Markaz turli bilim darajasidagi yoshlarni qabul qiladi, stajorlik koʻrinishida tajriba orttirishiga imkon yaratib beradi va yakunda Top IT kompaniyaga oʻtish imkonini yaratadi. Axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislarga boʻlgan yuqori talabni inobatga olgan holda, Markaz turli bilim darajasidagi, koʻnikma va qiziqishga ega boʻlgan dasturchi-kadrlar yetishtirishga moʻljallangan. Kurslar davomida oʻquvchilarga chet tillari, IT madaniyat hamda networking qoidalari bilan tanishtirilib oʻtiladi. Bu esa oʻz navbatida, boʻlajak kadrning dunyoqarashi hamda jamiyatda oʻz oʻrnini va maqsadini aniqlab olishga katta yordam beradi.

  • “COVID19 TEST” loyihasi

    Project Managers / April 1, 2020

    Ushbu loyihamiz orqali COVID-19 test natijalarini tez va oson koʻrish mumkin. Sayt oddiy va tushunarli boʻlib, yagona maqsad uchun yaratilgan: ortiqcha detallarga chalgʻimagan holda, tahlil javoblarini masofadan koʻrish imkonini beradi.

  • “Co-Learning Academy” loyihasi

    Project Managers / April 1, 2020

    Co-Learning Academy Co-Learning Center tarkibida tashkil etilgan oʻquv platformasi boʻlib IT va chet tillariga oid video-darslarini bepul tarzda taqdim etadi. Barcha darajadagi oʻquvchilar uchun moʻljallangan Academy darslari oʻzbek tilida ham nazariy, ham amaliy bilimlarni berib boradi. Co-Learning Academy ayni kunlarda 100 ga yaqin soha vakillari hamda koʻngillilarni oʻz atrofida jamlagan. Oʻquv platformasi darslarining birinchi fasli allaqachon taqdim etilgan. Ushbu kursni bitirib siz junior dizayner yoki bazaviy bilimga ega dasturchi darajasidagi mutaxassis boʻlib chiqa olasiz. Shu bilan birga eng katta loyihalar ustida ham mustaqil ishlashingiz mumkin boʻladi. Kurs toʻliq amaliyot orqali oʻtilgani bois sizning portfolioingiz ham rivojlanib boradi.

  • “IT Jobs” qanday loyiha?

    Project Managers / March 1, 2020

    IT Jobs axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislarga moʻljallangan platforma. Loyiha ofis hamda masofaviy daromad manbayini tez va oson topib berishga moʻljallangan. IT Jobs sohaga doir vakansiyalarni uzluksiz va samarali taqdim etadi. Bundan tashqari, siz ish topish istagida oʻz nomzodingizni CV/rezyume koʻrinishida platformamizga joylab borishingiz mumkin. Bizda barcha xizmatlar bepul. Kunlik vakansiyalar oqimi va doimiy yangilanib borayotgan eʼlonlar qoʻlingizga koʻplab imkoniyatlar kalitini tutqazadi. Endi siz IT sohasiga doir istalgan frilans yoki ofis turidagi daromad manbayini osongina topishingiz mumkin. “IT Jobs” deb nomlanuvchi mazkur loyihaning ustunligi, maʼlumotlar toʻliq hamda tartibli berilishi bilan barcha savollaringizga javob topishida.

  • “COVID19 STAT” haqida

    Project Managers / April 1, 2020

    Mazkur loyiha COVID-19ʼning yanada shaffof koʻrsatkichini davlat statistikasi bilan parralel ravishda aniqlovchi platforma hisoblanadi. Ushbu saytga istalgan shaxs koronavirus infeksiyasi natijasida vafot etgan qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnisi, hamkasb yoki boshqa tanishlari haqida maʼlumot yuborishi mumkin. Moderatorlar maʼlumotlarni qisqa tekshiruvdan o‘tkazadi va ular keyinchalik saytga joylanadi. Maʼlumot qancha ishonchli va batafsil boʻlsa, tekshiruv ham shuncha oson kechadi.

  • “ProSuit” loyihasi

    Project Managers / April 1, 2020

    ProSuit – bu davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har bir xizmatchining psixologik portretini shakllantiruvchi sun’iy intellektga ega test tizimdir. Test tizimi; Yangi qonunlarni o‘rganish salohiyatini baholash; Davlat xizmatchisining psixologik passportini shakllantirish; Masofaviy ta’lim platformasi.

  • Matn.uz loyihasi

    Project Managers / March 1, 2020

    Matn.uz – oʻzbek tilidagi imloviy muammolar, hamda kirill-lotin transliteratsiyasini bexato, qulay va bepul amalga oshirishga moʻljallangan loyiha. Loyiha ilovasi hamda sayti oʻziga xos interfeysga ega, ilovadan foydalanish jarayonida ortiqcha maʼlumot talab qilinmaydi. Savodxonlikni koʻtarishda koʻmak beruvchi sifatli onlayn muharrir.