Специализации
Навыки
Обо мне
O'zim haqimda qisqacha:
Men, Doniyor, 15 yoshdaman. 4-5 oy oldin frontend bo'yicha o'quv kursini tamomladim va 3 oy davomida amaliyotda ishladim. Hozir backendni o'rganishni boshladim va kelajakda Full-Stack dasturchi bo'lishni maqsad qilganman.
Bilim va tajribalarim:
Frontend: HTML, CSS, JavaScript, React, Typescript, Tailwind, Next.js. Bir nechta loyiha ustida ishlaganman va portfoliomda yaxshi namunalarga ega bo'lishga harakat qilyapman.
Backend: Node.js va Express.js o'rganishni boshlaganman, shu bilan birga MongoDB bilan ishlashni o'rganmoqdaman.
Maqsadim:
Frontend bo'yicha bilimlarimni chuqurlashtirish va yangi texnologiyalarni o'rganish.
Backend bo'yicha bilimlarni mustahkamlab, to'liq Full-Stack dasturchi sifatida ishlash.
Jamoada ishlash tajribasini oshirish va haqiqiy loyihalarda qatnashish.
Izlayotgan ish turi:
Frontend yoki Full-Stack dasturchilik bo'yicha boshlang'ich darajadagi ish.
Doimiy yoki vaqtinchalik bandlik, moslashuvchan jadval ham maqbul.
Boshqa ma'lumotlar:
Masofaviy ishga yoki ofisda ishlashga tayyorman. Jamoada ishlash va yangi texnologiyalarni tez o'rganishga qiziqaman.
Portfolio: https://my-portfolio-next-js-eta.vercel.app/