Специализации
Обо мне
Men — Xamdamboyev Javohir, 2008-yil 22-sentyabr kuni tug'ilganman. Hozirda Web dasturlash yo'nalishi bo'yicha ta’lim olib kelmoqdaman va IT olamida o'z o'rnimni topishga intilyapman.Kelajakdagi maqsadlarim juda ko'p. Avvalo, Fullstack dasturchi darajasiga yetib, zamonaviy texnologiyalarni mukammal o'zlashtirishni niyat qilganman. Shuningdek, ingliz tilini chuqur o'rganib, xorijiy kompaniyalarda tajriba orttirish, jahon bozorida o'z loyihalarim bilan chiqish va doimiy ravishda o'z ustimda ishlashni istayman.
Bundan tashqari, meni Cyber Security sohasi ham qiziqtiradi. Axborot xavfsizligi bo'yicha bilim olish, tizimlarni himoya qilish, turli tahdidlarga qarshi kurashishni o'rganib, bu sohada ham professional mutaxassis bo'lish niyatim bor.Yana bir orzuim — o'z bilimlarimni boshqalarga ulashish, dasturlashga qiziqqan yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularga motivatsiya berish. Texnologiyalar orqali jamiyat rivojiga hissa qo'shish, yangilik yaratish va insonlarga foyda keltiradigan loyihalar ustida ishlashni maqsad qilganman.
Portfolio
-
My portfolio
Men / 22 сентября 2025 г.
Mening birinchi portfolio